Jesse Douglas
Jesse Douglas | |
---|---|
Tavalludi |
3-iyul 1897-yil New York shahri, New York, AQSh |
Vafoti |
7-sentyabr 1965-yil (68 yoshda) New York shahri, New York, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Mukofotlari |
Fields medali (1936) Bôcher memorial mukofoti (1943) |
Jesse Douglas (talaffuzi: Jessi Duglas) (3-iyul 1897 — 7-sentyabr 1965) — amerikalik matematik. Douglas Plateau masalasiga topgan umumiy yechimi bilan tanilgan. 1936-yil Lars Ahlfors bilan birgalikda ilk Fields medali bilan taqdirlangan[1].
Douglas 1897-yil New York shahrida yahudiy oilasida tugʻilgan[2]. 1916-yil New York shahar kollejidan matematika boʻyicha bakalavr darajasini olgan. 1920-yil Columbia universitetidan PhD darajasini olgan[3]. Douglas umrining oxirigacha New York shahar kollejida matematikadan saboq bergan.
Olim 1760-yilda Joseph-Louis Lagrange oʻrtaga tashlaganidan beri yechimi topilmay kelgan Platea masalasini hal qilgan. Masala „sovun pufagi masalasi“ nomi bilan ham maʼlum. 1943-yil Amerika matematika jamiyati Douglasni Bocher memorial mukofoti bilan taqdirlagan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ www.nasonline.org/member-directory/deceased-members/20001453.html
- ↑ Peter Lax, Mathematician: An Illustrated Memoir, by Reuben Hersh(American Mathematical Soc. 2014), page 102
- ↑ „Jesse Douglas (1897-1965)“. www-history.mcs.st-andrews.ac.uk.